Oliy Majlisi inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 2-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Narimanov Bekzod Abduvaliyevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Jalmenov Ulugbek Abilayevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili Shilimbetov Jenis Kurbanbayevich va boshqa to‘qqizta odam tarkibida jamoat vakillari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida hibsxonada saqlanayotgan maxsus kontingent uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolarni qabul qilish xonasi, yo‘qlovlarni qabul qilish xonasi, qisqa muddatli uchrashuv berish xonasi, advokatlar bilan uchrashuv xonasi, tergov harakatlarini o‘tkazish xonasi, xo‘jalik ishlariga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar uchun ajratilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat xona”, kutubxona. yotoqxona, oshxonadagi sharoitlar, oziq-ovqat do‘koni, hammom va davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish bo‘limi, hibsxona tartibot binosida saqlanayotgan maxsus kontingentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek hibsxonada saqlanayotgan shaxslar va mahkumlar bilan uchrashib, ularning murojaatlari tinglandi.