19 Iyun 2020 yil 1080

OLINGAN NAZARIY BILIMLAR AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANMOQDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3216-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 312-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 2-o'quv kursida tahsil olayotgan 35 nafar kursantlarning malakaviy amaliyoti ko'tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 19 iyunь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J. Temirxanov raisligida  IIV Akademiyasidan kelgan mas'ul mayor A.A. Qahharov, sohaviy xizmatlardan biriktirilgan murabbiylar hamda amaliyotga kelgan kursantlar va ularning ota-onalari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.  Unda malakaviy amaliyotni tashkil etish, kursantlarni egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o'rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish hamda malakaviy amaliyotni  to'g'ri tashkil etish bo'yicha yo'riqnomalar berildi. Yig'ilish yakunida ota-onalar va kursantlar tomonidan berilgan savollarga vazirlik rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech