6 Iyul 2025 yil 968

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

Qabul jarayonida Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolar, shuningdek yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, 22 ta fuqaroning ichki ishlar organlariga taalluqli  bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bu kabi qabullar tasdiqlangan reja asosida respublika hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.

Text to speech