22 Iyul 2025 yil 2269

Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan "Ko‘k-suv" QFY hududida mahalla yettiligi ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida "Ko‘k-suv" QFY mahalla yettiligi tomonidan Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kungi PQ-1-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish, mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning erta oldini olish yo‘nalishidagi ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda mahalla yettiligining yo‘l xaritasiga kiritilgan masalalar keng tarzda muhokama qilinib, oldinda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Shundan so‘ng hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning ehtiyojlarini tingladi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida yangidan qad rostlayotgan mahalla binosi hamda tashabbusli byudjet jarayonining 2025-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan "Ko‘k-suv" QFY "Markaziy" ko‘chasidagi asfalt yo‘lni qayta ishlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Text to speech