Olti oy davomidagi ishlar muhokama qilindi
Joriy yilning 10 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi xodimlari, boshqarma, sohaviy xizmatlar va shahar tuman ichki ishlar bo‘limlari ma’naviy, ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kadrlar guruhi katta inspektorlari ishtirokida 2021 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Joriy yilning 10 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi xodimlari, boshqarma, sohaviy xizmatlar va shahar tuman ichki ishlar bo‘limlari ma’naviy, ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kadrlar guruhi katta inspektorlari ishtirokida 2021 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik I.Axmedov ochib, yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. O‘tkazilgan yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida 2021 yilning 6 oyi davomida kadrlarni tanlash, joy joyiga qo‘yish, tarbiyalash hamda xizmat intizomini va qonun buzilishining oldini olish, xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilinib, ayrim yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning ariza va shikoyatlarini belgilangan muddatlarda qonuniy ko‘rib chiqilishi, ushbu kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida hal qilinishini nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga, nisbatan tegishli qattiq ogohlantirildi. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarga aniq ko‘rsatma va vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.