10 Iyul 2021 yil 991

Olti oy yakunlariga bag‘ishlandi

Joriy yilning 10 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar Joriy yilning 10 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan 2021 yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlar,  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va oldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovni B.Rajapov, vazirlikning jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmalari hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarining tezkor xodimlari ishtirok etishdi.Unda, joriy yilning 6 oyi davomida Respublika hududida sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida oshish, jinoyatlarning oldini olish hamda fosh etilgan jinoyatlar atroflicha muhokama qilindi.Tahliliy va tanqidiy ruxda o‘tkazilgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovni B.Rajapov so‘zga chiqib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan  xususan, hududlarda kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda tezkor tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olishda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, shuningdek,  oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishda spirtli ichimliklarni ichishga ruju qo‘ygan shaxslar hamda janjalkash oilalarni aniqlab ular bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.Shuningdek, mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan  xodimlarga, nisbatan tegishli intizomiy choralar qo‘llanildi. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarga aniq ko‘rsatma va vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech