3 Iyun 2024 yil 5163

Oltinchi MH 2-son tergov hibsxonasida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Jumladan, hibsxonaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i adliya kichik maslahatchisi o.Niyozmetov taklif etilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda qonunchilik va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi. Bunda, xodimlarga korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim. Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g‘arb andozasiga o‘xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2022 yilgi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–57-son Farmonining mazmun-mohiyati, shu jumladan mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ro‘yobga chiqarish, jinoyat-protsessual qonunchiligini yana-da takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi

Text to speech