5 Mart 2024 yil 3617

Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida profilaktik yig‘ilish, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘ining 2022 yilgi “JIEDning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligini jadallashtirish to‘g‘risida”gi 362-son Farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi bilan “Xodimbay” bo‘yicha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2024 yil mart oyida 2-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida profilaktik yig‘ilish, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi. Yig‘ilishni hibsxona boshlig‘i polkovnik Urazbay Qurbanbayev ochib berib, avvalambor yaqinlashib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda 21-mart “Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan tadbir qatnashchilarini tabriklab o‘tdi. Shundan so‘ng, polkovnik Urazbay Qurbanbayev bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va huquqiy davlatni shakllantirishda mamlakatimizda barcha sohalarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida, ayniqsa jazoni ijro etish sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini taʼkidlab o‘tib, hibsxona shaxsiy tarkibning samarali xizmat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masallari bo‘yicha qarori va Ichki ishlar vazirining 404-sonli buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlari xodimlariga berilayotgan ijtimoiy himoya masalalari yana-da kuchaytirilganligi, bundan tashqari xodimlar tomonidan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganligi, shuningdek, hibsxona shaxsiy tarkibi tomonidan erishilgan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan aytib o‘tib, so‘zni hibsxona boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari mayor Qabil Turg‘anbayevichga berdi. Mayor Qabil Turg‘anbayevich o‘z maʼruzasida, hibsxonada xodimlar bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, erishilgan yutuqlar hamda xodimlar tomonidan yo‘l-qo‘yilgan xato-kamchiliklar, shu jumladan, xodimlar o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashda ota-onalarning ham o‘z hissasi borligi katta ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib,  ular tomonidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, ota-onalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha” tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.Tadbir so‘ngida, hibsxonada xizmat qilib kelayotgan, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib, o‘zini namunali xulq-atvori bilan ko‘rsatib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga hibsxona boshlig‘i polkovnik Urazbay Qurbanbayev tomonidan “MINNATDORCHILIK” xatini topshirish, bundan tashqari, ko‘p yillardan beri samarali xizmat qilib, hozirda nafaqaga chiqqan 3 nafar xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirilib, pensiyaga kuzatish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir barcha ishtirokchilari o‘rtasida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

Text to speech