“Qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Xususan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi 18-bo‘lim katta tergovchisi
3-darajali yurist X.Yu.Qo‘shimmatov tomonidan xodimlarga korrupsiya keng
qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari
kundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib
ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmasligi. Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda
adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha
sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan,
fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada
emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining
buzilishini ko‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat
tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g‘arb andozasiga o‘xshasa-da,
mazmun-mohiyatiga ko‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa
oldinga siljishimizga xalaqit berishi haqida tushunchalar berib o‘tdi