25 Fevral 2021 yil 886

 O‘quv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni samarali va to‘liq amalga oshirishda qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tan olish kerakki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning to‘liq amalga oshirilishi, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar aynan hududlarda hukm surgan tinchlik, barqarorlikka har tomonlama bog‘liqdir.
Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi F–5408-sonli «Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishiga asos Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini o‘qitish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari boshlangan edi.
2021 yilning 27 fevral kuni  ushbu kursning 2021 yildagi dastlabki bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unga, Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik A.Rustamov,  O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi , Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etdi.
Shuni alohida taʼkidlash kerak, o‘quv yig‘inlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlar tomonidan “huquqbuzarlik va jinoyat sodir qilishga moyil” deb gumon qilingan shaxslarni Ichki ishlar bo‘limlariga olib kelinishi, tungi vaqtlarda ko‘chalarda maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilishi natijasida Nukus shahrida umumiy jinoyatchilik kamayishiga erishildi.  Bundan ko‘rib turganimizdek, qilinayotgan ishlar o‘z samarasini berib bormoqda.
Tadbirda o‘kuv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar va faxriy yorliqlar topshirildi.

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech