10 Noyabr 2023 yil 5175

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi qabuli Qonliko‘l tumanida o‘tkazildi

Joylarda tegishli rahbarlar tomonidan xalqning hayotida uchrayotgan masalalar va muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Qonliko‘l tumani aholisining murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy muammolari bilan murojaat yetti. Asosan bandlik, sog‘lig‘idan shikoyati, hamda kam taʼminlangan fuqarolar ijtimoiy yordam, yengillashtirilgan kredit, ichki yo‘llarni tuzatish kabi murojaatlar vazir tomonidan ko‘rib chiqildi. Bildirilgan murojaatlar o‘sha yerning o‘zida o‘rganilib, ko‘plari ijobiy yechim topdi, ayirim murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi. Shu jumladan o‘rganish ishlari hamda vaqt talab etiladigan murojaatlar yechimi uchun muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Albatta o‘tkazilib borilayotgan bunday sayyor qabullar xalg‘imizning hayotidagi muammolarini ijobiy yechishim topishi ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashini taʼminlaydi va kelajakka bo‘lgan ishonishini yana-da mustahkamlaydi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech