Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonida Nukus shahri va Nukus tumanlarida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning ish faoliyati o‘rganildi.
Vazir
o‘rinbosari dastlab Nukus
tumani Ichki ishlar bo‘limi tungi navbatchilikka biriktirilgan xodimlar
faoliyati bilan tanib, tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarda
barqarorligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar
yuzasidan topshiriqlar berdi. o‘rganish ishlar davomida Nukus sharhidagi Ichki
ishlar bo‘limlari navbatchilik qisimlarining tungi ish faoliyati o‘rganilib,
navbatchilik bo‘limiga kelib tushgan xabar va hodisalarni o‘z vaqtida tegishli
tartibda joylarga borgan holda o‘rganib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy
hodisalarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va takliflarlar berdi.
Shuningdek, Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan tungi
naryadda xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati o‘rganilib,
jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning
oldini olish borasidagi ishlar vazifalarini to‘g‘ri tashkillashtirish bo‘yicha
tegishli topshiriq berdi.