9 Yanvar 2025 yil 3628

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Baxitjan Izbasarov tomonidan Nukus shahrida tungi jamoat tartibini saqlashga xizmatiga biriktirilgan xodimlar faoliyat o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida shahar markazidagi transport harakatlari gavjum markaziy ko‘chalarda xizmat olib borayotgan Yo‘l patrul inspektorlarining faoliyati tekshirilib, harakat xavfsizligini taʼminlash, qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqlab ularga tegishli choralar ko‘rish va  o‘z vaqtida bayonnomalar rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari shahar markazidagi «Tung‘ish qonis» mahallasida joylashgan tayanish punktidagi profilaktika inspektorlarning faoliyati o‘rganib, ko‘chalardagi videokuzatuv kameralari tekshirildi va hududda kriminogen vaziyatni jilovlash shuningdek barqarorlikni taʼminlash yuzasidan xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuning bilan birga, Nukus sharhidagi 3-sonli Ichki ishlar bo‘limida navbatchilikka jalb qilingan xodimlarning ish faoliyati bilan tanishib, ularga kelib tushgan xabarlar va hodisalarni o‘z vaqtida joylarga borgan holda bartaraf qilish kerakligi, shu bilan birga, hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlida samarali ish yuritish kerakligi tushuntirildi.

Text to speech