3 Iyun 2022 yil 420

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning Chimboy tumani «Qizil-өzek» O.F.Y da sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning Chimboy tumani «Qizilzek»  O.F.Y da sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida sektor rahbari hamda tuman hokimligi tomonidan kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga oziq ovqat mahsulotlaridan yordam berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech