1 Aprel 2022 yil
809
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbaevning navbatdagi sayyor qabuli Buzatov tumanida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbaevning Buzatov tumani «Aspantay» O.F.Y da sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati