18 Iyul 2023 yil 528

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida ikkinchi chorak yakuni sarhisob qilinib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilanib olindi

Joriy yilning 15 iyul kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov raisligida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2023 yil 6 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Har bir xodim «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!» konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchi va ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlari Tergov boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech