Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida “Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi-inson qadri, xalq manfaatini amalda taʼminlashdir” mavzusidagi «Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi» o‘tkazildi.
Joriy yilning 25 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida “Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi-inson qadri, xalq manfaatini amalda taʼminlashdir” mavzusidagi «Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi» o‘tkazildi.
Tadbir video selektor shaklida bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayev, vazir o‘rinbosarlari va shahar tuman ichki ishlar organlarining barcha bo‘g‘in rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orol bo‘yi mintaqalarini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, senator, B.Matmuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Uteo‘liyevlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon va tobora rivojlanayotgan yangi O‘zbekistonning bosh qomusi, ushbu o‘zgarishlarga mos bo‘lishini ilgari surilgani ayni o‘rinli bo‘lgani taʼkidlandi.
Tadbirda qatnashgan senator B.Matmuratov mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini va bu jarayonlarning siyosiy va mintaqadagi urni, yangi O‘zbekistonning kelajagiga bo‘lgan taʼsiri haqida, shuningdek ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda tushuntirib berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.