Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov bo‘linmalari xodimlarining ota-onalari va yaqinlari bilan uchrashildi.
2021 yilning 07-10 may kunlari oralig‘ida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 25.09.2018 yildagi 260-sonli “Ichki ishlar organlari xodimlari bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan, vazirlik huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining barcha xodimlarining uylariga birma-bir borilib, xodimlarning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ularga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qonuniylikka qatʼiy rioya etish va xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan farzandlari va yaqinlari tomonidan o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining oliy burchi deb bilishi, ijro va xizmat intizomi hamda qonunchilikka qatʼiy rioya etishi zarurligi haqida tushuntirildi.
Shuningdek yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, hamkasblariga namuna bo‘lib xizmat burchlariga vijdonan va sidqidildan yondashgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi