Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilariga o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil fevral oyidagi “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, mutasaddi vazirlik va idoralarning xodimlaridan iborat Ishchi-guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashida200dan ortiq Respublika hududida faoliyat olib boruvchi 50 ta korxona va tashkilotlarning rahbarlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga masʼul ishchi-xizmatchilariga “Kiberjinoyatlar bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi Sadikov Saidkamol Babayevich Prezident qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha 3 qatlamli kompleks targ‘ibotchoralari tadbirlarining mazmuni va mohiyatini ishtirokchilarga yetkazib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Vazirlik masʼul xodimlari, Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” Davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi Abdusalyamov Farxad Alimjanovichlar tomonidan “Kiberjinoyatlar bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri”, “Korxona va tashkilotlarda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish masalalari” mavzularida chiqishlar qilindi.
Keyingi o‘rinda, ishtirokchilarga Vazirlik Kiberxavfsizlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Kiberyordamchi” tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir qizg‘in bahs va munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.