22 Iyun 2025 yil
3088
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Mamlakatimizda
olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadri uchun tamoyili asosida tashkil
etilgan. Shu maqsadda, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning
huquq va manfaatlarini ta’minlash, shuningdek fuqarolarni qiynab kelayotgan
muammolarga yechim topish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy mazmundagi murojaatlari tinglandi.
Shaxsiy qabul davomida ko‘pchilik fuqarolarning muammolari joyida hal etilib,
vaqt talab etiladigan murojaatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul
xodimlarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati