Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan
bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Shumanay tumani Xalq
qabulxonasi binosida Shumanay, Qanliko‘l va Qo‘ng‘irot tumanlari fuqarolari
uchun navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy
eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish
hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul
xodimlar qatnashishlari taʼminlandi.
Sayyor qabul jarayonida 15
nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari
qabul qilinib, ularning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim
murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi
idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va
murojaat egalari huquqiy tushuntirishlar berildi.