29 May 2025 yil 690

Xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ularga ijtimoiy jihatdan yordam berish, aniqlangan muammolarini ijobiy hal etish hamda xodimlar va ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va joylardagi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor A.A. Tashpulatov boshchiligida joriy yilning 18 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va joylardagi rahbarlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda xodimlarga davlatimiz tomonidan kafolatlangan turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan hafta, ya’ni 19-may kunidan 24-may kunlari oralig‘ida 177 nafar rahbar xodimlar tomonidan 1380 nafar xodimning yashash sharoiti o‘rganildi.

Text to speech