Ovchilarga ov qurolni saqlash, olib yurish, foydalanish tartib qoidalari to‘g‘risida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB Nazorat-litsenziya faoliyati guruhi xodimlari, Nukus shahar IIO FMB JTSB xodimlar, O‘zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya Vazirligining masʼul xodimlar bilan birgalikda Nukus shahrida ro‘yxatda turgan Ovchilik va baliqchilik jamoatiga aʼzo bo‘lgan ovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuv jarayonida ovchilarga ov qurolni saqlash, olib yurish, foydalanish tartib qoidalari, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, o‘qotar quroli bilan bog‘liq noxush holatlarini oldini olish va jamoat tartibini saqlash maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 dekabrdagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 810-son qarori mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.