7 May 2021 yil 1202

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosarining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 7 may kuni kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor A.Iramovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi raisi, kapitan Yu.Yusupov vazirlikning boshqarma, mustaqil bo'lim va bo'linmalarida xizmat qilayotgan yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari A.Ikramov, Davlat rahbarining 2020 yil 29 dekabrь kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021 yilga “Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishining o'zi yoshlarga e'tiborni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligidan dalolat berishini shuningdek, hozirgi kunda, Ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar davomida yosh xodimlarga alohida e'tibor qaratilayotganligi, ularning qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha rag'batlantirish, ular orasidan bilimli, halol va jonkuyar xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yosh xodimlar rahbarlik lavozimlariga tayinlanganligini aytib o'tdi. Vazir o'rinbosari ichki ishlar organlarida yosh xodimlar bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohada yosh xodimlarga qaratilayotgan e'tiborni yanada kuchaytirish, shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar yuzasidan qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi yosh xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo'nalishida ilgari surilgan innovatsion tashabbuslarni amaliyotga joriy etish lozimligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Uchrashuv davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor ularni qo'llab quvvatlash yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Tadbirda, yoshlar vazirlik rahbariyatiga o'zlarining takliflari bilan faol ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari hamda ichki ishlar organlari yosh xodimlariga namuna bo'lib kelayotganligi uchun bir guruh yosh xodimlarga va ularning ota-onalari vazirlikning tashakkurnomalari va sovg'alar topshirildi.
Shuningdek shu kuni vazir o'rinbosari Nukus shahar, Taxiatosh va Nukus tumani IIBlarida bo'lib, joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kadrlar bilan ishlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi hamda xodimlarining bilimlarini yuksaltirish, ularni sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish va kitobxonlikka yo'naltirish orqali kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech