6 Fevral 2022 yil 787

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari general-mayor A.Ikramov Nukus shahrida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Joriy yilning 6-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor A.Ikramov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedovlar Bugungi kunda «Obod mahalla» dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan Nukus shahridagi «Shimbay guzari» mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi  Toreniyazovlar xonadonidan xabar olishdi va oilaga televizor sovg'a qilishdi. Shuningdek, vazirlik tomonidan xonadonni ta'mirlash ishlarida amaliy yordam beriladigan bo'ldi.
Shu kuni Rahbarlar Nukus shahri “Yo'lchilar” MFY hududida joylashgan   10-sonli ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tanishish jarayonida,  bu yerda o'quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xususan, o'quvchilarning yotoqxonasi, sinfxonalar va maxsus o'quv kitoblar bilan ta'minlanganlik holatini o'rganildi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi ko'zi ojizlar kitobxonasi bilan ham yaqindan tanishib bu yerda ko'zi ojizlarga mo'ljallangan kitoblarning holati, shuningdek, brayl va audio kitoblar fondi bilan tanishib chiqishdi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati 

 

Text to speech