9 Aprel 2021 yil 796

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyida o'tkazilgan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Joriy yilning 9 aprelь kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat gerbining qabul qilinganligiga 28 yil to'lishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbiri O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat madhiyalari bilan boshlandi. Tadbirni akademik litsey direktori, podpolkovnik U.E.Kadirov ochdi va boshqarib bordi. Kechaga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, polkovnik I.B.Axmedov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, iste'fodagi polkovnik O.Turdakov, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi boshlig'ining birinchi o'rinbosari L. Abdimuratov, «Milliy tiklanish» demokratiyalыq partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi Ijro qo'mitasi apparati bo'lim boshlig'i X. Kabulovlar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat gerbining qabul qilinishi tarixi, mazmun va mohiyati haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berdi. Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalarning ahamiyati xususida ham aytib o'tdilar. Tadbir ishtirokchilari litsey o'quvchilari tomonidan berilgan savollarga to'liq javoblar berishdi.
Tadbir, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram kechasi bilan davom ettirildi. Bayram kechasida, bobomiz sohibqiron Amir Temur va u qurgan markazlashgan davlat haqida videorolik qo'yib berildi.
Tadbir so'ngida, faol qatnashgan o'qituvchi va o'quvchilarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining fahriy yorlig'i hamda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi tamonidan tayyorlangan sovg'alar topshirildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

.

 

Text to speech