O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjayevning sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 9 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasi binosida hamda Ellikqal'a tumanida O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjayevning sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Qabulda fuqarolarning, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va chiqish, fuqarolik pasportin rasmiylashtirish, doimiy hisobga olish va chiqish bo'yicha murojatlari qabul qilindi.
Qabullar davomida, fuqarolarning jami 37 ta murojaat ko'rib chiqilgan bo'lib, shulardan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek 31 ta qushimcha urganishni talab qiladigan murojaatlar bo'yicha arizalari olinib ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, qabullar davomida 3 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.