O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasining tor mutaxassis shifokorlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo‘limida 2023 yil 29 va 30 mart kunlari oralig‘ida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tqazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 19 fevral kungi 59 sonli buyruq talablari asosida tibbiy muassasalarga biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatishni yana-da yaxshilash, davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yana-da takomillashtirish shaxsiy tarkib orasida o‘tkazilgan profilaktik ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarning yashirin davrlarda erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida 3 kun davomida malakali tor mutaxassis shifokorlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan shaxsiy tarkibga, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila aʼzolariga, ishchi va xizmatchilariga keng tarzda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Ushbu chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik 29 mart kuni Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida tashkillashtirilib jami 74 nafar biriktirilgan tarkib ko‘rikdan o‘tkazildi shundan: 27 nafariga ambulatoriya sharoitida davolanish, 10 nafariga statsionar sharoitida davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV nafaqaxo‘rlaridan: podpolkovnik E.Allamov, serjant S.Yusupov, podpolkovnik B. Maxmudovlar jami 3 nafar nafaqaxo‘rlarning xolidan xabar olinib tibbiy xizmat ko‘rsatildi va ularga bepul dori darmonlar bilan taʼminlandi va kerakli tavsiyalar berildi.
30 mart kuni nukus shahrida Tibbiyot bulimi poliklinikasi va gospitalida tashkillashtirilib 126 nafar biriktirilgan tarkib ko‘rikdan o‘tkazildi shundan: 68 nafariga ambulatoriya sharoitida davolanish, 16 nafariga statsionar sharoitida davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shu kunning uzida bir guruh tor mutaxassislar Muynok tumanida bo‘lib, jami 23 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va nafaqaxo‘rlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar va Markaziy gospital sharoitida davolanishi uchun tavsiyalar berib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati