O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.
Joriy yilning 24 iyun kuni Nukus shahrida joylashgan Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugining Saf maydonida O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyining bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, ichki ishlar organlarining faxriylari, akademik litsey o‘qituvchilari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayev oshib berdi va bitiruvchilarni tabriklab ularning oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishida zafarlar tiladi.
Akademik litseyni 398 nafar o‘quvchilarga diplomlar topshirildi va bitiruvchilar orasida o‘qishni aʼlo baholarga o‘qigan o‘g‘il va qizlarimizga aʼlo darajadagi diplom va sertifikatlar berildi.
Shuningdek, o‘qish davomida fanlarni yaxshi o‘zlashtirib tengdoshlariga namuna bo‘lgan, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishgan bitiruvchilarga hamda ularning ustozlariga va ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan munosib taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.