4 Dekabr 2021 yil 1031

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 4 dekabrь kuni, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi kuni munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tadbir bo'lib o'tdi. Bayram tadbirida dastlab, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, Asosiy qonunimiz o'zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat ekanligini ta'kidlab, xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi raisi Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist P.Aytniyazov «Konstitutsiya-asosiy qomusimiz» mavzusidagi ma'ruzasi bilan eshtirok etib, Konstitutsiyamizning yaralish tarixi va hayotimizdagi tutgan o'rni haqida keng tushunchalar berib o'tdi.
Tadbir yakunida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech