8 Dekabr 2021 yil 881

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2021 yil 29 noyabr kunidagi PF 27-son farmoni ijrosi yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Jamoat xavfsizligini ta'minlash buyicha qilingan ishlar sarhisob qilar ekanmiz, shu kunga qadar bu darajadagi keng ko'lamli chora-tadbirlarni o'z ichiga oluvchi Strategiyalar qabul qilinmaganligini ko'rish mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Patrulь post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida «O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2021-yil 29-noyabrь kunidagi PF 27-son farmoni ijrosi yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik B.Izbasarov Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasining Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i birinchi darajali yuristь N.Sobirov va vazirlikning sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Farmon bilan jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, amalga oshirish mexanizmlari, jamoat xavfsizligini ta'minlovchi idoralarning aniq vazifalari belgilab berilgan.
Yig'ilishda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qabul qilingan mazkur qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi to'g'risida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. Shuningdek,  amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar tushuntirilib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech