10 Sentyabr 2021 yil 570

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishi talablariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovor shayligi hamda xodimlarining xizmat, jangovor va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish hamda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, vazirlikning ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganishlarning ikkinchi kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV To‘rtko‘l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida uchinchi kuni esa Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, va Qonliko‘l tumanlarida xizmat olib borayotgan xodimlarining jangovor shaylik, maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘q otar qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech