29 Yanvar 2022 yil 1067

O'ziga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan shaxs qo'lga olindi.

Xorazm viloyati yashovchi  fuqaro Yu. R Amudaryo tumani hududida sodir etgan jinoyat ishi bo'yicha, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi mayor B.Xodjametov tomonidan pora berish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, o'ziga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini sudga yubormasdan, ijobiy hal qilishda amaliy berishini aytib, evaziga 20.000.000 (yigirma million) so'm miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Mazkur holat yuzasidan  mayor B.Xodjametov vazirlik rahbariyati nomiga bildirgan bilan murojaat qilgan.
Bildirgiga asosan O'zbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi, va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda joriy yilning 28 yanvar kuni fuqaro Yu.R. mayor B.Xodjametovga o'ziga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini sudga yubormasdan, ijobiy hal qilib berishi evaziga pora tariqasida taklif qilgan 20.000.000 (yigirma million) so'm pullarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan, Bosh prokuraturaning IJQKD Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech