Payshanba profilaktika kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldin olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV JXX HPB o‘rinbosari, podpolkovnik X. Reymkulova, tuman
prokurori o‘rinbosari B. Baymanova hamda tuman hokimi o‘rinbosari G.Mambetniyazovalar
so‘zga chiqib, xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldin
olish, ularning kelib chiqish sabablarni erta aniqlash, xotin-qizlarning huquq
va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi o‘rinini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilayotganligi
haqida keng turda tushunchalar berib o‘tildi Shu jumladan, hozirgi kunda
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy
vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy -huquqiy, psixologik yordam
ko‘rsatish, xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish,
oilalardagi maʼnaviy -axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha
manzilli tadbirlarni amalga oshirishda davlat idoralar hamda boshqa
tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish kerakligi haqida
alohida to‘xtalib o‘tildi.