Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning navbatdagi sayyor qabuli Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 9 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning Bo‘zatov tumanidagi Yoshlar markazida yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Yoshlar bilan uchrashuvda vazir, A.J.Temirxanov yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida o‘sib kelayotgan yoshlar taqdiri mujassamligi, shu bois yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib shakllanish, ustuvor maqsadlar sari dadil borishlari lozimligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, bildirilgan takliflarini amalga oshirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi hamda ichki ishlar organlari masʼuliyati xodimlarining faoliyati haqida aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.