Xodimga pora taklif qilgan shaxs ko‘lga olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qo‘ng‘irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazovga Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro M.M. o‘ziga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha hujjatlarni sudga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 1 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Mazkur holat yuzasidan profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Bildirgiga asos, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, tuman prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 3 iyul o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro M.M., katta leytenant M.Djumaniyazovning xizmat xonasida 930.000 (to‘qqiz yuz o‘ttiz ming) so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati