Probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida, voleybol sport turi bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligiga start berildi.
O‘zbekiston
Respublikasi IIVning 2025-yil 3-aprel kungi 136-sonli Farmoyishiga asosan,
probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashishini
ta’minlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ular orasida sog‘lom
turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda nazorat ostidagi shaxslar orasidan
sportning voleybol turi bo‘yicha tashabbuskorlarni tanlab olish va professional
sport jamoalariga jamlash maqsadida, voleybol sport turi bo‘yicha "Ichki
ishlar vaziri kubogi" musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi
birinchiligiga start berildi. Ushbu birinchilikning ochilish marosimida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV polkovnik B.I.Torebekov ishtirok etib,
bugungi o‘tkazilayotgan musobaqada jamoalarga omadlar tiladi. Qizg‘in
bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqada ishtirok etgan jami jamoalar ichida
Chimboy tumanining "Gigant" jamoasi g‘alaba qozonib keyingi bosqichga
qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.