2 Mart 2021 yil 897

Probatsiya hisobidagi yoshlar bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy yilning 26 fevral kuni Nukus shaharda joylashgan 3-sonli akademik litseyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Probatsiya bo‘limi Nukus shahar, Xo‘jayli, Taxiatosh va Nukus tumanlari IIO Probatsiya guruhlari nazoratida turib jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, ularning bandligini taʼminlash hamda hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish maqsadida tegishli soha xodimlarini jalb etish orqali amaliy yordamlar ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi hamda Nukus shahar hokimiyati JIB Nukus shahar sudi, Nukus shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Probatsiya guruhlari nazoratida turib jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan bir qator tadbirlar tashkillashtirildi.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazilib unda Nukus shahar IIO FMB Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan 7 nafar yoshlar jazo muddatidan ilgari shartli ozod etilib, 1 nafar yosh jazo muddatini o‘tashdan bo‘yin tovlab yurganligi sababli, shartli sinov jazosi, ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sportning kichik futbol turidan musobaqa o‘tkazilib musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Tadbir davomida yoshlarni kitobxonlikka va sportga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech