Profilaktika inspektorlari va psixolog xodimlarni o‘qitish yuzasidan o‘quv seminar tashkillashtirildi.
Qo‘ng‘irot tumani IIB rahbariyati hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tuman IIBda ishlayotgan profilaktika inspektorlari va psixolog xodimlarni o‘qitish yuzasidan o‘quv seminar tashkillashtirildi.
Qo‘shma reja asosida, o‘quv seminarda Ichki ishlar bo‘limi, prokuratura, favqulodda vaziyatlar, sud, Xalq qabulxonasi, Adliya, tibbiyot birlashmasi, sud ekspertizasi, sud kriminalistika ekspertizasi, Yoshlar agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi xodimlari va masʼullaridan iborat 22 nafar maʼruzachilar 5 kun davomida qo‘shma rejada ko‘rsatilgan va ahamiyatga molik mavzulari bilan ishtirok qildi.
O‘quv-seminarda asosiy eʼtibor qilinishi kerak bo‘lgan jihatlar, voqea joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, ekspertiza turlari, bu boradagi elektron bazalarning ishlatilishi, amaldagi qonunchilik va qonun osti hujjatlaridagi o‘zgarish va qo‘shimchalar, shuningdek, siyosiy va g‘oyaviy mavzularda maʼlumotlar berildi.
O‘quv-seminar 2 smenada tashkil etilib, xodimlar ikki guruhga bo‘lingan holda tushlikgacha yarim, tushlikdan keyin yarimni jalb etish orqali xodimlarning asosiy ishidan uzmagan holda tashkil etildi va seminarda 50 nafardan ortiq xodimlar ishtiroki taʼminlandi.