10 Aprel 2022 yil 580

Profilaktika inspektorlariga sertifikatlar topshirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 76-sonli Farmoyishga  asosan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʼyicha malakalarini oshirish maqsadida Mudofaa vazirligining Shimoliy-Gʼarbiy Harbiy okrugida tashkil etilgan oʼquv amaliy kurslari bazasida joriy yilning 4 aprel kunidan qisqa muddatli oʼquv dasturi doirasida xizmatdan ajratilgan holda oʼquv yigʼini tashkillashtirildi.
Tashkillashtirilgan oʼquv yigʼini yakunida profilaktika inspektorlariga vazirlik rahbariyati taxmonidan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV Аxborot xizmati.

Text to speech