O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Bo‘zatov tumani "Qusxanatov" QFY mahalla yettiligi hamda tuman yoshlari bilan uchrashib bugungi kunda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi faoliyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha "Qusxanatov" QFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. O‘tkazilgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JHX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.Reymkulova, Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i polkovnik U.Kurbanbayeva, Bo‘zatov tumani hokimining o‘rinbosari A.Xojageldiyeva hamda mahalla yettiligi, shuningdek, tuman IIB xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va tuman IIB xodimlariga qarorning mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirilib, kelgusida qilinadigan ishlar belgilab berildi. Shundan so‘ng, mahalla yettiligi bilan yo‘l xaritasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muhokama qilindi. Shuningdek, tuman yoshlari bilan yaqindan tanishib, bugungi kunda o‘tkazilayotgan muhim 90 kunlik tadbir bo‘yicha yig‘ilgan yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.