11 Iyun 2020 yil
1090
Qoraqalpog'iston Respublikasida Ichki ishlar organlari Probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik U.Kurbanbayeva, mutasaddi davlat organlari, jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda hudud IIO Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslarni qiynayotgan muammolarni hal qilish, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko'rsatish, bandligini ta'minlash hamda ular tomonidan qayta jinoyatlar sodir qilinishini oldini olish maqsadida 2020 yilning 10 iyunь kuni To'rtko'l Beruniy va Ellikqal'a tumanlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o'ta og'ir jinoyat sodir qilib, o'talmagan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddati axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, Ellikqal'a tumani IIO Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o'tkazildi va ularning ish joylari tekshirildi.
Bundan tashqari, Ellikqal'a tumani IIO Probatsiya guruhi nazoratida turgan D Sh tuman fermer xo'jaliklarning biriga ishga joylashtirilib bandligi ta'minlandi.
Tadbir davomida moddiy tomondan qiynalayotgan, extiyojmand xonadoniga tashrif buyurib, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat va tibbiyot vositalari topshirildi.
Tashrif davomida tumanlarning IIO Probatsiya guruhi ish faoliyatiga amaliy yordam ko'rsatilib, Probatsiya hisobidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishda, tarbiyaviy-profilaktik chora-tadbirlar olib borish, ularning yashash shart-sharoiti va oilaviy muhitini muntazam o'rganib borish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati