12 Avgust 2020 yil
924
Firibgarlik yo'li bilan pul topmoqchi bo'lganlarning niyati amalga oshmadi.
2020 yil 11 avgust kuni Shumanay tumanida yashovchi fuqaro A T Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, Shumanay tumanida yashovchi S.A ismli fuqaro o'zining otasi A.D ning Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Yo'l harakat xavfsizligi xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday o'quv tashkilotida o'qitmasdan “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 5.200.000 so'm va ushbu haydovchilik guvohnomasini olishda zarur bo'lgan tibbiy ma'lumotnomani olib berish uchun 200.000 so'm, jami 5.400.000 so'm pullarini berishni talab qilayotganligi, ushbu pullarni ichki ishlar organlarida ishlovchi tanishlariga berishini aytganligi haqida bildirib qilgan murojaati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 11 avgust kuni o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.D Xo'jayli tumani hududida fuqaro A.Tdan talab qilingan jami 5.400.000 so'm pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Hozirgi vaqtda holat bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 bo'limi va 28-211 moddasi 1 bo'limlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari borilmoqda.
Hozirgi vaqtda holat bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 bo'limi va 28-211 moddasi 1 bo'limlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakatlari borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati