1 Noyabr 2021 yil 769

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning qabulida 30 dan ortiq fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 1 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov tasdiqlangan grafik asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda 30 dan ortiq nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur murojaatlarning asosan tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish masalalari ko‘tarildi, qolgan murojaatlar ijtimoiy masalalarda bo‘ldi.
Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech