19 Aprel 2025 yil 866

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri fuqarolarning ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lgan masalalari yuzasidan shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri. Aholi murojaatlarini tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi  shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Shaxsiy qabul davomida 23 fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarning muammolari tinglanib ko‘pchilik murojaatlar joyida hal qilindi o‘rganish ishlarini talab qilinadiganlariga muddat belgilanib ijrosi yuzasida tegishi masʼullarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech