11 Aprel 2025 yil
1008
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan «Payshanba profilaktika kuni» munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 08.03.2025-yildagi «Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari
rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar
profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 15/11-son Qo‘shma qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot
tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir
etilishi sabablari, ayniqsa kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar va
ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Uchrashuv
so‘ngida Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari o‘zlarining qiziqtirgan
barcha savollariga to‘liq javob oldi.