24 Avgust 2022 yil 769

Qarorning mazmun mohiyati tushuntirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV PPXvaJTSB Nazorat-litsenziyalash faoliyati guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani O‘zbekiston ko‘chasi raqamsiz uyda joylashgan “Jubatqan Oyl Servis” MCHJ raqbari va xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalari kiritish, shuningdek baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”       444-son Qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.
Qarori bilan fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlashga choralarini yana-da kuchaytirish, qurol va uning o‘q-dorilarining ishonchli saqlanishini tashkil etish va ular bilan bog‘liq noxush vaziyatlarning oldini olish maqsadida, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini  realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun 2022 yil 16 noyabridan eʼtiboran quyidagi qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etilishi belgilanganligini maʼlum qilib, ularni to‘liq bajarilishi yuzasidan zaruriy tayyorgarlik choralar ko‘rilishi so‘raladi:
- Realizatsiya qilingan qurol va uning o‘q-dorilarining hisobga olish hujjatlarini o‘n yil mobaynida seyfda saqlash, o‘z faoliyatini to‘xtatgan yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari arxiviga topshirish;
- qurol va uning o‘q-dorilari bilan bevosita bog‘liq ishlarga kamida 25 yoshga to‘lgan fuqarolarga realizatsiya qilish;
- savdo obyektining tashqi perimetri va ichki hududini, qurolxonani, kuzatilmaydigan joylarni istisno etgan holda zamonaviy videokuzatuv tizimlari bilan taʼminlash, tashqi perimetr bo‘ylab, do‘konga va qurolxonaga kirish eshiklarining va savdo zaliga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlari tasvirini Milliy gvardiya texnik qo‘riqlash markaziga ulash;
- bir vaqtning o‘zida sotuvda mavjud o‘qotar qurolining har bir rusumidan ikki donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar ov qurolini hamda besh ming donadan ortiq miqdordagi uning patronlarini o‘qotar ov qurolini va uning patronlarini shartnomaviy tartibda ichki ishlar organlarining quroxonalarida saqlanishini taʼminlash;
- savdo obyektlari va qurolxonalarning kirish eshiklarini qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalari bilan taʼminlash va ularni Milliy gvardiyaning texnik qo‘riqlash markaziga ulash;
- savdo obyektida, shu jumladan ularning tashqi qismidagi qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi tizimining bog‘lovchi elektr o‘tkazgichlarni yopiq tarzda o‘tkazish;
- sotuvga quyilgan va sotilgan qurolning elektron hisobini olib borish (qurolning rusumi, seriya raqami ishlab chiqarilgan yili, ichki ishlar organlarining qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomasi raqami va sanasi, sotib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami);
- soyli stvolli ov qurolining zatvor mexanizmlarini qurolxanada bir-biridan ajratilgan xolda (alohida seyf va metall javonlarda) saqlanishini taʼminlash.

Text to speech