31 Yanvar 2023 yil 655

Qarorning mazmun mohiyati tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi direktori podpolkovnik U. Qadirov ishtirokida Ellikqalʼa tumanidagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi, IIV akademik litseylarida taʼlim olish shart-sharoitlari, shuningdek ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va moddiy taʼminoti to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, majlis davomida ayrim o‘quvchilar va o‘qituvchilar so‘zga chiqishib, akademik litsey yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzulmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-10 sonli qarorining mazmun mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilari diqqatiga yetkazdi.
Qoraqalpog‘iston Respulikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech