13 Iyul 2025 yil 359

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Qabul davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov tomonidan fuqarolarning, shuningdek, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, 21 fuqaroning ichki ishlar organlariga tegishli bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olingan murojaatlar bo‘yicha manzilli choralar belgilanib, tegishli soha xizmatlari rahbarlariga ijro muddatlari aniq belgilanib, ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bunday qabullar tasdiqlangan reja asosida respublika va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati

 

Text to speech