29 Sentyabr 2025 yil 286

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining o‘rinbosari ishtirokida Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari uchun xizmat oldi yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Yig‘inda dolzarb 20 kunlik tezkor-profilaktik tadbir doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Unda ichki ishlar organlari xodimlariga belgilangan vazifalar, tadbirning maqsad va ahamiyati, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi bilan ishlashning samarali usullari haqida aniq ko‘rsatmalar berildi. Taʼkidlanishicha, ushbu tadbir doirasida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish yuzasidan xodimlarga qator vazifalar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech